Quyosh energiyasi xalqaro instituti binosiga oʻrnatilgan meteostansiya bir vaqtning oʻzida Quyosh nurlanishi quvvatini, shamol tezligi va yoʻnalishini, atrof-muhit haroratini oʻlchash imkonini beradi.
Meteostansiya Quyosh nurlanishi quvvatini oʻlchaydigan ikkita, biri gorizontal ravishda, ikkinchisi, gorizontga 45o burchak ostida joylashtirilgan, shamol tezligi va yoʻnalishini oʻlchaydigan datchikdan hamda haroratni aniq oʻlchaydigan termometrdan tashkil topgan.
Ushbu qurilmalardan olingan maʼlumotlar ikkilamchi qurilma orqali kompyuterga yuboriladi. Kompyuterda Institut olimlari tomonidan yaratilgan maxsus dastur oʻrnatilgan, har bir daqiqada (vaqt oraligʻini 60 daqiqagacha oʻzgartirish mumkin) oʻlchangan maʼlumotlar kompyuterda saqlanib boriladi.
Meteostansiya tizimi elektr energiya taʼminoti yuqori samaradorlikka ega boʻlgan Quyosh fotoelektrik modullari tomonidan amalga oshiriladi. Respublika boʻylab bunday qurilmalarni yuzlab/minglab oʻrnatish koʻzda tutilmoqda va bu Oʻzbekistonda energetik bashoratlash (Energy metrology)ni rivojlantirish imkonini beradi. Natijada naukasting bashoratlash (nowcasting) tizimi yaratiladi.