Koʼp qavatli uylardagi issiq suv harorati qanday boʼlishi kerak?

    Koʼp qavatli uylarda issiq suv taʼminotining markaziy tizimlari orqali olinadigan issiq suv harorati 50-75°Sga muvofiq boʼlishi lozim. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lumot berdi.

    Bunda issiq suv haroratini aniqlashdan oldin suv olish nuqtasida 3 minutdan ortiq boʼlmagan vaqt mobaynida suv oqizib yuboriladi.

    Belgilangan issiq suv harorati past boʼlganda, issiq suv taʼminoti xizmati uchun toʼlanadigan pul miqdori ham har bir orqaga qaytgan 3°S uchun 0,1 foizga kamaytiriladi.

    Suv olish nuqtasida harorat 40°Sdan past boʼlganda issiq suv uchun toʼlov sovuq suv tarifi boʼyicha amalga oshiriladi.