Uchrashuvda 25- noyabr` kuni rejalashtirilgan aviareys orqali O'zbekiston Respublikasidan Koreya Respublikasiga mehnat migrantlari dastlabki guruhining kirib kelish tartibi va ushbu jarayon bilan bog'liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Vitse-prezidentning so'zlariga ko'ra, mehnat migrantlarining Koreya Respublikasiga muntazam kirib kelishida 10 kunlik karantin qoidalariga to'liq rioya qilish, belgilangan tartibda o'zini yakkalash va Koreya Respublikasining qonunchiligiga muvofiq faoliyat yuritish muhim o'rin egallaydi.

Shu bilan birga, aeroportda deklaratsiya jarayonlari uyushqoqlik bilan o'tishida Koreya Respublikasi hududiga olib kirish man etilgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni olmaslik alohida qayd etildi.

Mehnat migrantlari tomonidan karantin qoidalariga to'liq rioya qilingan taqdirda 10 kunlik karantin va karantin bilan bog'liq xarajatlar o'rtacha 1 million 200 mingdan 1 million 500 ming koreys vonigacha bo'lgan mablag'ni tashkil etishi ko'zda tutilgan, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.