Koreya omonatlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (KDIC) Markaziy bank bilan hamkorlikni kengaytiradi

    Moliya 28 Noyabr 2024 94

    Markaziy bankda Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda Koreya omonatlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (KDIC) ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarining banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi faoliyatini transformatsiyalash bo‘yicha qo‘shma loyihaning dastlabki natijalari muhokama etildi.

    Qayd etilganidek, fond faoliyatining shaffofligini ta'minlash, shuningdek, aholiga to‘lovlarni raqamlashtirish aholining omonatlarni sug‘urtalash tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

    O‘z navbatida, qo‘shma loyiha natijalariga ko‘ra, Koreya Respublikasining tegishli idoralari bilan birgalikda amalga oshiriladigan fond faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar olinishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.