Toshkent tibbiyot akademiyasiga 2022-yil 15-iyul kuni Seul Milliy universiteti Bundang kasalxonasi tashqi aloqalar bo'limi boshlig'i Kim Tae Vu, xalqaro tibbiyot markazi va tashqi aloqalar bo'limi professori Kim Sergey, Vitse-prezident Muyoung Siam Li Bong Xvan tashrif buyurdi.
Uchrashuvda o'quv ishlari bo'yicha prorektor Shuhrat Abdujalilovich Toshkent tibbiyot akademiyasini o'quv dasturlari, kafedralari, olib borilayotgan ishlari to'g'risida prezentatsiyani o'qib eshittirdi. Koreya tomoni Akademiyani tibbiyot oliygohlari ichida birinchi o'rindaligini e'tirof etib, uni 100 yilligi munosobati samimiy qutladi.
Bundan tashqari, uchrashuvda yuqori kurs talabalari, magistrantlar va vrachlar o'rtasida almashinuv dasturlarini tashkil etish muhokama qilindi. Suhbat so'ngida, Koreya tomonini, yaqin oy ichida ko'zda tutilgan akademiyaning yangi binosi ochilish marosimiga taklif qilindi, deb xabar bermoqda Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.