Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada Mudofaa vazirligi jamoasi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

    Harbiy 14 Sentabr 2024 507

    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ikkinchi bor ham ishtirok etib, eng yuqori natijani qayd etdi.

    Koreya Respublikasining Kongvando provinsiyasi Inje shahrida o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida jami 13 ta jamoa, jumladan, AQSH, Avstraliya, O‘zbekiston va Kambodja davlatlaridan 500 dan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

    Musobaqa ochilish marosimiga raislik qilgan Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i Pak An-So: «Mazkur bellashuv harbiy hamkorlikni mustahkamlash uchun qimmatli poydevorga aylanadi», deya fikr bildirdi.

    Musobaqada har bir jamoa tasodifiy qur’a tashlash orqali bellashuvga kirishdi. Natijada operativ rejani ishlab chiqish va milliy kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni bajarish, bu orqali bo‘linmalarning qo‘shma operatsiyalari uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikma va tajriba oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

    Baholash jarayoni ishtirokchi guruhlar tomonidan shartlar to‘liq bajarilgani, «omon qolish» darajasi, jangovar harakatlar qoidalariga rioya qilingani va bu taktik vaziyatga mos kelishini har tomonlama tahlil qilish orqali o‘tkazildi.

    Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi ham o‘zbekistonlik harbiylardan iborat jamoa peshqadamlikni qo‘ldan boy bermagan edi.