Ma'lumki, BMT Bosh assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” to'g'risidagi rezolyutsiyasiga asosan 15 oktyabr — “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb e'lon qilingan.
Ekspozitsiyadan o'rin olgan fotosuratlarning oq-qora rangdagi retrosuratlarida o'z davri ijtimoiy hayotining turli jabhalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar, tariximiz aks etgan. Rangli fotosuratlar O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi “Fotorassomlar sho''basi”ning a'zolari, O'zbekiston Milliy Axborot Agentligi fotomuxbirlari, shuningdek yosh fotograflar olgan badiiy fotosuratlar bo'lib, ularda bugungi kun qishloq ayollarining mehnat jarayonlari, shuningdek turli hayotiy jabha va holatlari aks etgan. Yosh rassomlarning ko'rgazmadan o'rin olgan ijod namunalarida ayolning go'zalligi, milliyligi, ishbilarmonligi, onaxonlarning mehrli siymolari tomoshabinlarni befarq qoldirmaydi.
Hasan Abdunazarov