“Agar bu kasallik bilan bugun qo'lga kiritgan bilimimiz yordamida to'qnash kelganimizda edi, SHvetsiya va butun dunyoda unga qarshi kurashish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarning o'rtasini tanlagan bo'lardik”, dedi u.
SHvetsiya Evropa Ittifoqi davlatlari orasida epidemiyani oldini olish uchun o'z-o'zini himoya qilish tartibini kiritmagan hamda maktab va jamoat joylari faoliyatini to'xtatmagan yagona davlat hisoblanadi. Pandemiya bo'yicha milliy strategiyani ishlab chiquvchilar aholi o'rtasida jamoaviy immunitet shakllanmaguncha yoki zarur vaktsina paydo bo'lmaguncha sog'liqni saqlash tizimida yuklamaning ortib ketishining oldini olish maqsadida koronavirusning sekin tarqalishidan umid qilgan edi.
SHvetsiya 50 kishidan ortiq ishtirokchi qatnashadigan ommaviy tadbirlarni taqiqlagandi. Ammo restoranlar, savdo uylari, sport klublari va maktablar ishlashda davom etgandi.
Bloombergda yozilishicha, Tegnell ushbu strategiyaning muallifi hisoblanadi — unga epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo'yicha hukumat topshiriq bergan edi.
SHvetsiyaning sobiq bosh epidemiologi Annika Linda oldinroq Tegnelning mazkur strategiyasini qo'llab-quvvatlagandi, biroq keyin esa “shved generalining koronavirus bilan jang” stretegiyasi omadsizlikka uchraganini ma'lum qildi. Uning aytishicha, vorisi Anders Tegnell`ning mamlakatdagi o'lim ko'rsatkichlari balandligi to'g'risida qilayotgan ma'ruzalarini har kuni kuzatib borayapti.
SHundan so'ng u SHvetsiya to'g'ri yo'l tutganiga ishonchi komil emasligini ma'lum qildi: «SHvetsiya ham Daniya va boshqa Evropa mamlakatlari qilgani kabi shu yilning mart oyida jamoat joylarini yopishi kerak edi. Avval boshidanoq bizda invektsiya juda ham tez tarqalayotgandi. Zaruriy choralarning ko'rilmaganining jiddiy oqibatlarga olib kelgani o'lim ko'rsatkichlarida aks etib turibdi», — deydi u Berlingskga bergan interv`yusida.