«Bizning kuzatishlarimizdan shu narsa maʼlum boʻldiki, ultrabinafsha nurlari SARS-CoV-2, shuningdek HCoV-NL63 virusini juda tez fursatda faolsizlantirib, odam hujayralarini kasallanishdan asraydi», deb yozadi tadqiqotchilar.
Koʻplab olimlar toza havoda SARS-CoV-2 zarrachalari Quyoshning ultrabinafsha nurlari taʼsirida kamroq yashashini aytishgandi. Shunday boʻlsada, olimlar uning virusga qanchalik taʼsir etishini ayta olishmagandi.
Arizona shtati universiteti professori Georg Vondrak boshchiligidagi biologlar mana shu masalaga oydinlik kiritishdi. Buning uchun ular ultrabinafsha nuri tarqatadigan qurilma ishlab chiqishdi.
Vondrak hamda uning hamkasblari tajriba tariqasida SARS-CoV-2 hamda HCoV-NL63 koronaviruslari patogenlaridan foydalanishdi. Ikkala virusning patogenlari nurlantirildi. Natijada hujayralarni zararlashi mumkin boʻlgan SARS-CoV-2 va HCoV-NL63 zarrachalari besh daqiqa ichida 98 foizga kamaygani aniqlandi. Ikkala virus patogenlari Quyoshning ultrabinafsha nurlari taʼsirida maʼlum fursat ichida toʻliq nobud boʻldi.
Olimlar mazkur natijalardan kelib chiqib, inshootlarni koronavirusga qarshi dezinfeksiya qilishda Quyosh nuridan foydalanish mumkin, degan xulosani bildirishmoqda.