- Ish yuzasidan xorijga safar qilib, safar davomida virusga chalinib, O'zbekistonga kelgandan keyin davolanib chiqqan insonga ishxona tomonidan kompensatsiya to'lanishi ko'zda tutilganmi?
AOKA shtabiga kelib tushayotgan savollarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining matbuot kotibi SHahnoza Ravshanova javob berdi.
—O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-5969-son Farmonining 16-bandiga asosan koronavirus infektsiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan shaxslarga o'rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to'lanadi.
Mehnat kodeksining 153-moddasiga ko'ra, korxonaning jamoa shartnomasi yoki xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan lokal hujjatlarga asosan qo'shimcha to'lovlar to'lanishi mumkin.