Ushbu idora maʼlumotlariga qaraganda, ushbu oʻzgarishni kodlaydigan ACE2 oqsil yordamida koronavirus nafas yoʻllariga oʻtadi. Aynan mana shu oqsil “virusning oʻtishini yengillashtiradi yoki aksincha”, deb xabar beradi TASS.

«Shunday qilib, genetik variantlarni aniqlash COVID-19 ning ogʻir formasini yuqtirishga moyil, shu bilan birga baxtli, yaʼni “himoyalangan” odamlarni aniqlash imkonini beradi», — deyiladi xabarda.

Avval, 5-oktyabrda Rospotrebnadzorda mavsumiy kasallik bilan shikastlanganlar koronavirus, jumladan SARS-CoV-2 infeksiyasiga qarshi immunitet orttirib olishini taʼkidlagandi. Lekin bunday immunitetning qanchalik ishonchli ekanligi haqida mutaxassislar biron narsa deya olmayapti.

Soʻngi xabarlarga koʻra, Rossiyaning 85ta hududida 1 225 889ta koronavirus holati aniqlangan. Pandemiya boshlangandan beri esa 21 475 ta oʻlim holati qayd qilingan, 982 324 kishi sogʻayib ketgan, deb xabar beradi «Izvestiya».