Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan barcha davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoshdan katta boʻlgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash belgilandi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, 2021/2022 oʻquv yili uchun bazaviy toʻlov-kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.