Bu haqida Agentlik rasmiy saytida xabar berildi.
Dasturiy ta'minotda korrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni to'rtta shaklda, ya'ni:
- “Korrupsiyaga duch keldim va pora berishga majbur bo'ldim”;
- “Korrupsiyaga duch keldim va pora bermadim”;
- “Pora bilan bog'liq bo'lmagan korrupsiyaga duch keldim”;
- “Halol ishlaydigan davlat xizmatchisini uchratdim” kabi mavzularda yuborish mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi eanticor.uz orqali berilayotgan korrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni belgilangan tartibda ko'rib chiqish bilan bir qatorda, ular asosida sohalardagi korrupsion holatlarni tahlil qiladi va o'tkaziladigan tahlil natijalariga ko'ra korrupsiyaga imkon yaratayotgan omillarni bartaraf etish choralari ko'riladi. Korrupsiyaga yo'l ochib berayotgan normalarni o'zgartirish, bekor qilish yoki qonunchilikka tegishli o'zgartirish va qo'shimchalarni kiritish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirish choralari ko'riladi.
Shuningdek, eanticor.uz dasturiy ta'minoti orqali fuqarolarning korruptsiyaga oid murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Hozirda mazkur tizimda yanada qulayliklar yaratish maqsadida dasturni takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.