Farmonga muvofiq, “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri” yuritiladi.
Reyestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
davlat xizmatiga qabul qilinishi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;
saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining koʻrsatilishi;
davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning aʼzoligiga kiritilishi;
ularning tadbirkorligi davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik bitimida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlar hamda davlat taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishi.