«Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir. Umuman, bu jarayondan hech kim chetda turmasligi kerak. Shu bois, korrupsiyaga nisbatan murosasiz boʻlish uchun yanada koʻproq sharoit yaratib, bunga keng jamoatchilikni jalb qilishimiz zarur. Avvalo, nodavlat tashkilotlar faolligini oshirish lozim. Bu – eng toʻgʻri yoʻl», — dedi davlatimiz rahbari.

Parlament nodavlat tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, ularning imkoniyatlaridan keng foydalanishi maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.

Masalan, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha konvensiya talablarini monitoring qilishga nodavlat tashkilotlar jalb qilinsa, katta samara berishiga ishonch bildirildi.

Ushbu maqsadlar uchun yangi loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga har yili 10 milliard soʻmdan ajratib boriladi.