Shu boisdan, Agentlik oʻz faoliyatining sarhisobini har oy yakunida eʼlon qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻymoqda. Jumladan, agentlik oktyabr oyi davomida quyidagi ishlarni amalga oshirdi.

Davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslarining mol-mulki, daromadlarini deklaratsiyalashni koʻzda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Hozirda loyiha idoralararo kelishuv jarayonida.

2021-yildan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish amaliyoti joriy etilishi belgilangan qonun loyihasi tayyorlandi.

26 ta vazirlik va idoralarda “komplayens-nazorat” tizimining oʻz vaqtida va sifatli joriy etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan nazorat qilinib bor