Yigʻilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham koʻrib chiqilmoqda.
Qonun loyihasidagi normalar bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, oʻzining, shuningdek yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanmoqda.
Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilyapti.
Mazkur qonun loyihasidagi normalar jamiyatda korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga chek qoʻyish hamda unga qarshi kurashish samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.