Ma'lum bo'lishicha departame hamda DXXning Izboskan tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda aniqlanishicha, fuqaro D.T. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Daryoboʻyi” MFY hududidan boshqa bir fuqaroga ishlab chiqarish sexi binosi qurish uchun ajratilgan 8 sotix yer maydoniga turar-joy qurish uchun tanishlari orqali kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 15 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilayotgani ma'lum qilingan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq, Toshkentda kar-soqov qizni kaltaklagan27 yoshli yigit tergovdan yashiringani uchun qidiruvga berilganini ma'lum qilgan edik.