Joriy yilning 6 iyul kuni IIV Transportda XTBB boshlig'i nomiga JQB xodimi bildirgi bilan murojaat qilgan
Unda"Sirdaryo ko'priklardan foydalanish" DUKga nisbatan hujjatlar to'plami yuzasidan, uning sobiq rahbari, Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida yashovchi 1988 y.t. D.U. o'zi rahbarlik qilgan vaqti oralig'ida "Sirdaryo ko'priklardan foydalanish" DUKga nisbatan o'tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlangan moliyaviy kamchiliklar yuzasidan chora ko'rmaslik hamda ishni ijobiy hal etib berish uchun 3.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif etayotganligini ma'lum qilgan.
Ushbu ma'lumotga asosan, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Transport IIO bo'yicha bo'limi hamda O'zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, 6 iyul kuni soat 15:00 larda JQB xodimining xizmat xonasida D.U. 3.000 AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.
Holat yuzasidan fuqaro D.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Bu haqida IIV Transport va turizm ob'ektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti xabar bermoqda.