Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:

aramog‘ida ikki yoki undan ortiq kishi bo‘lgan xodimlarga;

oilasida undan bo‘lak mustaqil ish haqi oluvchi bo‘lmagan shaxslarga;

mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida tegishli mutaxassislik bo‘yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarini tamomlagan shaxslarga o‘qishni tugatgandan so‘ng mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;

mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;

urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

atom ob’yektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiasiya nurlanishi bilan bog‘liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo‘liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga.