Tashrif doirasida “Azerkosmos” agentligi mutaxassislari kosmik va geoaxborot texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Shuningdek, Ozarbayjon tomoni 2022-yil 10-mayda Toshkent shahrida imzolangan “Oʻzbekkosmos” agentligi va “Azerkosmos” agentligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv Memorandumida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Kutilganidek, tashrif “Azerkosmos” agentligining kosmik faoliyatni rivojlantirish sohasida olib borayotgan tajribasini mustahkamlash boʻyicha ijobiy natijalar berdi.
Tashrif yakuni boʻyicha “Azerkosmos” agentligi rahbariyatiga samimiy va doʻstona qabul, yuksak professionallik va samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirildi, deb xabar beradi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi matbuot xizmati.