Shuningdek, yoʻlaklar ham taʼmirga muhtoj boʻlib, yogʻingarchilik paytlarida maydonda yomgʻir suvlari yigʻilib, yoʻlovchilarga noqulaylik tugʻdirayotgan edi.

Shu sababli malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh maydondagi yodgorliklarni saqlagan holda rekonstruksiya qilish loyihasini ishlab chiqdi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Taʼmirlash jarayonida bogʻ zamonaviy shaharsozlik talablari asosida yangilanadi, yoʻlaklar tartibga keltiriladi va keng koʻlamli obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

Taʼmirlash jarayonida, bu yerdan qatnovchi aholiga va sayr qiluvchilarga uchun noqulayliklar boʻlishi mumkin va ular uchun uzr soʻraymiz.