Kosonlik zakovatchilar gʻolib boʻldi

    “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalar jamoasi oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual turnirining Respublika final bahsi boʻlib oʻtmoqda.

    Turnir dastlab mahallalar oʻrtasida, soʻngra 4 ta sektor, keyin tuman/shahar miqyosida, unda soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bosqichida boʻlib oʻtdi.

    Turnirda butun Respublika boʻylab mahallalardan jami 725 ming nafardan ziyod aholi qatnashdi. Respublika final bahsida esa 14 ta hududda dastlabki uchta oʻrinni olgan jami 42 ta jamoa gʻoliblik uchun kurashdi.

    Yakunda turnir gʻolibligi quyidagi mahallalar jamoalariga nasib etdi:

    1-oʻrin — Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidan Paxtazor mahallasi jamoasi;

    2-oʻrin — Toshkent shahri, Chilonzor tumanidan Dilobod mahallasi jamoasi;

    3-oʻrin — Samarqand viloyati, Payariq tumanidan Sorisuv mahallasi jamoasi.

    Eslatib oʻtamiz, turnir gʻolibligini qoʻlga kiritgan jamoa 100 million soʻm, ikkinchi oʻrin sohiblari 60 million soʻm, uchinchi oʻrinni egallagan jamoa esa 40 million soʻm mukofot bilan taqdirlanadi.