“Besh tashabbus paralimpiadasi“ musobaqalariga start berildi

    Sport 18 Aprel 2025 981

    Rejaga koʻra, “Besh tashabbus paralimpiadasi“ sportning 13 turi boʻyicha oʻtkaziladi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 18-aprel kuni Milliy Paralimpiya qoʻmitasida mahallalarda nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻtkaziladigan “Besh tashabbus paralimpiadasi“ ommaviy sport musobaqalariga rasmiy start berish tadbiri oʻtkazildi.

    Maʼlumotlarga koʻra, yurtdoshlarimiz orasida mazkur musobaqaga qiziqish yuqori boʻlib, bugungi kungacha tashkiliy qoʻmitaga 79 000 ta ariza kelib tushgan. Ularning 43 foizini ayollar tashkil etadi.