баннер
28 Mar 2025
04:24

    “Kosonsoy” – “Osh” yoʻlovchi tashish marshruti yoʻlga qoʻyildi

    Endilikda Kosonsoy chegara postidan Osh markaziga, Oshdan esa Kosonsoyga doimiy ravishda qulay narxlarda avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.

    Bugun, 5-fevral kuni “Savanna” xalqaro turizm va transport kompaniyasi tashabbusi bilan viloyatda yagona boʻlgan “Kosonsoy” – “Osh” yoʻlovchi tashish marshruti yoʻlga qoʻyildi.

    Endilikda Kosonsoy chegara postidan Osh markaziga, Oshdan esa Kosonsoyga doimiy ravishda qulay narxlarda avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi, deya xabar beradi Kosonsoy tumani hokimligi Axborot xizmati.

    Marshrutning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari B.Nuriddinov, Kosonsoy tumani hokimi D.Qodirov, ikki qardosh xalq vakillari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Birinchi reysda Osh shahridan tumanga kelgan qirgʻizistonlik mehmonlar ushbu qulaylik haqida taasurot va quvonchlarini yashirib oʻtirmadi.

    — Xalqaro qatnovlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyganimiz xalqlarimiz birdamligi, tumanimiz rivoji va turizm gullab-yashnashiga xizmat qiladi, — deydi “Savanna” kompaniyasi direktori R.Maqsudov.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech