баннер
2 Apr 2025
11:31

    Kostas Tasulas Gretsiya prezidenti etib saylandi

    Gretsiya parlamenti Bosh vazir Kiriakos Mitsotakis tomonidan nomzodi ko'rsatilgan sobiq parlament spikeri Kostas (Konstantinos) Tasulasni prezident etib sayladi.

    Bu haqda mamlakat bosh qonun chiqaruvchi organida bo'lib o'tgan ovoz berishning to'rtinchi turi yakunlari dalolat bermoqda.

    25 va 31-yanvar va 6-fevral kunlari bo'lib o'tgan ovoz berishning dastlabki uch turi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Ovoz berishning birinchi va ikkinchi turida Gretsiya prezidentini saylash uchun uchdan ikki (300 o'rinli parlamentda 200 ovoz), uchinchisida esa beshdan uch ko'pchilik (180 ovoz) talab qilingan. Har uch turda 160 nafar parlamentariy Tasulasga ovoz berdi. To'rtinchi turda prezident ko'pchilik 151 ovoz bilan saylandi. Tasulas nomzodini ilgari surgan hukmron “Yangi demokratiya” partiyasi mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organida 156 nafar parlament deputatiga ega, deb xabar beradi report.az.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech