Maxsus oʻyinchoq shaklidagi Lui Brayil shrifti tushirilgan Legolarning kutubxonalarga yosh foydalanuvchini koʻproq jalb qilishda ham ahamiyati katta. Shuningdek, bunday oʻyinchoqlar bolalar sezgi organlarini oshirishga ham katta yordam beradi.
— Ushbu maxsus oʻyinchoqlar maktab yoshiga yetmagan koʻzi ojiz bolalar va 1-4 sinf oʻquvchilari uchun juda ham qoʻl keladi. Maktab internatlari va maxsus kutubxonalarda oʻyinchoqlardan foydalangan holda tez va ifodali yozish, oʻqish toʻgaraklari tashkil etib foydalanish mumkin. Oʻyinchoqlardagi boʻrtma nuqtali yozuvni oson va tez oʻrganish mumkin, — deydi Eʼzoza.
Innovatsion mahsulot koʻzi ojiz bolalarni sogʻlom bolalar qatorida bilim olishiga koʻmaklashib, ularning qalbiga iliqlik olib kirishga xizmat qilmoqda.
Diyora ESHQULOVA,
OʻzJOKU talabasi