Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.” MCHJ rahbari X.O. hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablagʻlari evaziga xarid qilingan tikuv dastgohlarini naqd pulga sotib yuborib, 307 mln soʻm kredit mablagʻini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.