Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻngʻirot tuman boʻlimi tomonidan ATB “Qishloqqurilishbank” Qoʻngʻirot filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning sobiq boʻlim boshligʻi A.N. 33 nafar fuqaro va oʻzining nomidan 37 ta soxta kredit hujjatlarini rasmiylashtirib jami 483,5 mln soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.