Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.N.” va “E.N.” MCHJ rahbari M.J. hududiy tijorat banki filiali sobiq rahbari A.X. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, ushbu MCHJlarga aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadida ajratilgan jami 940 mln soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek “E.-s.” MCHJ rahbarining xabardorligisiz 150 mln soʻmni “M.N.” MCHJga kredit qarzini toʻlash maqsadida moliyaviy yordam koʻrinishida oʻtkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.