Tekshiruvda “Q.S.” MCHJ rahbari A.X. hududiy tijorat banki filiali masʼullari bilan oʻzaro til biriktirib, 55 nafar fuqaroga 10 sotixdan yer maydoni ajratib, ularning nomlariga ekin urugʻi sotib olish uchun 165 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni MCHJga oʻtkazish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Qorakoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan I.O. fuqaro B.ning imzosini soxtalashtirib, uning nomidan tijorat banki filialidan 92,5 mln soʻm kredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablagʻi evaziga taʼminotchi korxona tomonidan berilgan mayda shoxli mollarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.