Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, mazkur mablagʻni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi, deya xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Shuningdek, Departamentning Qamashi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.O.” MCHJ rahbari O.Yu. tijorat banki filiali masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, turmush oʻrtogʻi M.ning nomiga xususiy korxona tashkil etib, hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 210 mln soʻm kredit mablagʻini “A.O.” MCHJning korporativ kartasiga oʻtkazish orqali oʻzlashtirganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, O.Yu. va bank filiali masʼul shaxslari 4 nafar fuqaroning xabardorligisiz issiqxona tashkil etish uchun ularning nomiga jami 413,8 mln soʻm kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.