Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor koʻrgan boshqa zararlarni toʻlaydi.
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.
Agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, birgalashib kafil boʻlgan shaxslar kreditor oldida solidar javob beradilar.
Samatova Zulxumor tayyorladi.