Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.
Qonunga koʻra, Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlash belgilanmoqda.
Shuningdek, avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish va bank siri sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Markaziy bank mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari , shuningdek banklar, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalarining hamda kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha choralar koʻradi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.