Kreditni boshqa shaxsga oʻtkazsa boʻladimi?

    Bilasizmi? 11 Mart 2025 1173

    Fuqarolik kodeksining 322-moddasiga binoan qarzdorning oʻz qarzini boshqa shaxsga oʻtkazishiga faqat kreditorning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

    Yangi qarzdor kreditor bilan dastlabki qarzdor oʻrtasidagi munosabatlarga asoslangan barcha eʼtirozlarni kreditor talabiga qarshi qoʻyishga haqli.

    Agar kafil yoki garovga qoʻyuvchi yangi qarzdor uchun javob berishga rozi boʻlmasalar, qarz boshqa shaxsga oʻtkazilishi bilan kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan belgilangan garov bekor boʻladi.

    Demak, bank rozi boʻlsa yuqoridagi harakatlarni amalga oshirish mumkin boʻladi.