Uchrashuvda, hozirda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari faol tashqi siyosat olib borayotgani, mintaqamizning global roli ham kengayib borayotgani muhokama qilindi.
“Biz ikki davlat aloqalarida hali roʻyobga chiqmagan katta salohiyat koʻrmoqdamiz. Janob elchiga faoliyati davomida mamlakatlarimiz oʻrtasida mavjud koʻpriklarni mustahkamlash va yangilarini barpo etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.