Kubaro Hakimova yadro uloqtirish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi

    Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

    Oʻzbekistonlik sportchi para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F41 klassida yadro uloqtirish boʻyicha bahslar yakunlandi. Ushbu yoʻnalishda startga chiqqan Kubaro Hakimova 10,36 metr natija bilan yadroni 10,36 metrga uloqtirib, kumush medalni qoʻlga kiritdi va navbatdagi kumush medalni delegatsiyamiz hisobiga qoʻshib qoʻydi.

    Shuningdek, ushbu yoʻnalishda qatnashgan yana bir sportchi Madina Muxtorova 8.10 metr natija qayd etdi va kuchli sakkizlikdan joy oldi.

    Qayd etish kerakki, Paralimpiya bahslarining birinchi kunida para suzuvchi Muslima Odilova bronza medalini, para tayekvondochi Ziyodaxon Isoqova esa kumush medalini qoʻlga kiritgan edi.