Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanalida xabar berildi.
Taʼkidlanishicha, aloqa simlarida ham uzilishlar sodir boʻlgan. Ikkita transformatorda nosozlik roʻy bergan.
Shuningdek, kechga yaqin tuman hokimligi binosining tom qismini qulatgan. Mutaxassislar hodisa sodir boʻlishi oldidan shamol tezligi yanada kuchayganini aytmoqda.
Tuman hokimligidan olingan maʼlumotlarga koʻra, kutilmaganda yuz bergan tabiiy ofatdan tevarak-atrofdagi transport vositalari va yoʻlovchilar jabrlanmagan.
Ayni paytda hududlarda oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida tuman hokimligi hamda tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruh tuzilib, zarur choralar koʻrilmoqda.