Energetika vazirligining xabar berishicha, kecha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kuchli shamol tufayli elektr taʼminotidan uzilgan barcha isteʼmolchilar tarmoqqa ulandi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim elektr tarmoqlari xavfsizlikni taʼminlash maqsadida qoʻlda oʻchirilgani haqida xabarlar berilgan edi.