Tadbirda fuqarolar O.U. va Sh.A.lar oʻzaro til biriktirib, fuqaro B.A.ga 420 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 10,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.