Termiz tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabida bel olish va uch kurash boʻyicha 2003-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati hamda kattalar oʻrtasida mamlakat kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasining yillik-taqvimidan oʻrin olgan mazkur bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan 500 nafardan ortiq polvon gʻoliblik uchun kurash gilamiga tushishdi.
Musobaqada sportchilar oʻz vazn toifalariga koʻra bel olish va uch kurashning yoʻnalishlari boʻyicha murosasiz bahs olib borishdi. Yakuniy natijalarga koʻra, oʻsmirlar oʻrtasida Abduhakim Moʻydinov, Maʼrufjon Boltaboyev, Ilyosbek Ahmadjonov, Abduhakim Mahmudov, kattalar oʻrtasida Sarvar Mirzayev, Dilmurod Joʻrayev, Sayfiddin Yaxshiboyev singari polvonlar barcha raqiblarini yengib, oltin medallarga ega boʻlishdi.
Musobaqa yakuniga yetgach, gʻolib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanishdi.
Kuchlilar Termizda aniqlandi
Termiz tumanida mamlakat kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi taşkil etiladi
- Samolyotda jasorat körsatgan şifokor taqdirlandi
- Özbekistonda fandomatlar orqali bir oyda 16,5 mingdan ortiq idiş qabul qilindi
- Toşkent avtobuslarida bank kartalari orqali yöl haqini tölaşda validatorlar interfeysida özgartirişlar kiritildi
- Surxondaryo viloyati hokimini aldaşga uringan amaldor 3 yilga qamaldi
- Ovqatlaniş madaniyati: meʼyor va muvozanat
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi