Termiz tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabida bel olish va uch kurash boʻyicha 2003-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati hamda kattalar oʻrtasida mamlakat kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasining yillik-taqvimidan oʻrin olgan mazkur bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan 500 nafardan ortiq polvon gʻoliblik uchun kurash gilamiga tushishdi.
Musobaqada sportchilar oʻz vazn toifalariga koʻra bel olish va uch kurashning yoʻnalishlari boʻyicha murosasiz bahs olib borishdi. Yakuniy natijalarga koʻra, oʻsmirlar oʻrtasida Abduhakim Moʻydinov, Maʼrufjon Boltaboyev, Ilyosbek Ahmadjonov, Abduhakim Mahmudov, kattalar oʻrtasida Sarvar Mirzayev, Dilmurod Joʻrayev, Sayfiddin Yaxshiboyev singari polvonlar barcha raqiblarini yengib, oltin medallarga ega boʻlishdi.
Musobaqa yakuniga yetgach, gʻolib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanishdi.
Kuchlilar Termizda aniqlandi
Termiz tumanida mamlakat kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Mustaqillik: Yangi Oʻzbekiston konstitutsiyasi va inson huquqlari
- Dorilamon kunlar saodati
- 2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilindi
- Yangiyo‘l tumanida yuk avtomobili yonib ketdi
- Surxondaryo viloyatida elektr taʼminoti toʻliq tiklandi
- “Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun tunda yilning eng noyob meteor yomg‘iri kuzatiladi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- I va II guruh nogironligi boʻlgan fuqarolarga pensiya proaktiv tarzda tayinlanadi