Tadqiqot davomida olimlar 40 yoshdan 69 yoshgacha bo'lgan 378 932 kishining ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Mutaxassislarning maqsadi kunduzgi uyqu va miya salomatligi o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash edi.

Mendel randomizatsiyasi usulidan foydalanib, ular odamlarning kunduzgi uyquga moyilligini aniqlash uchun 97 ta DNK qismlarini o'rganishdi. Keyin ular kunduzgi uyquga genetik jihatdan ko'proq moyil bo'lgan odamlarning miya sog'lig'i va kognitiv faoliyatini o'sha yoshdagi subyektlar bilan solishtirishdi.

Olimlar kunduzgi uyquga moyil bo'lgan odamlarda genetik jihatdan miyaning umumiy hajmi kattaroq ekanligini, bu miya sog'lig'i bilan bog'liqligini, shuningdek, demansiya va boshqa kasalliklarni rivojlanish xavfi past ekanligini payqashdi. Oldingi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kunduzi 30 daqiqa yoki undan kamroq vaqt uxlash kognitiv qobiliyatning yaxshilanishini ta'minlaydi, deb xabar beradi lenta.ru.