Tadqiqot doirasida olimlar uzumning inson salomatligiga ta'sir qiluvchi milliardlab mikroorganizmlar yashaydigan ichak mikrobiomasiga ta'sirini o'rganishdi. Sakkiz hafta davomida mutaxassislar 24 yoshdan 55 yoshgacha bo'lgan 29 nafar odamda mikrobioma tarkibini kuzatishdi. Tadqiqot ishtirokchilaridan ikki hafta davomida o'z parhezlarini cheklash, keyin ikki hafta davomida uzum iste'mol qilish (kuniga taxminan uch porsiya) va keyin ularni ratsiondan chiqarib tashlash so'raldi.

Ma'lum bo'lishicha, uzum iste'mol qilish yurak, yo'g'on ichak, miya, teri va umumiy salomatlikka foydali ta'sir ko'rsatdi. Tadqiqotning 30-kunida ichakda sut kislotasini ishlab chiqarishga yordam beruvchi probiyotik Streptococcus thermophiles darajasining oshgani qayd etildi. Shuningdek, vegetarianlar dietasiga amal qiladigan odamlarda yuzaga keladigan Holdemania bakteriyasining kamaygani aniqlandi, deb xabar beradi mir24.tv.