Gretsiya Sport va taʼlim vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan anjuman doirasida xalqaro seminar, xalqaro va milliy sport federatsiyalarining koʻrgazmalari, ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

Kongress davomida Yevropa Kurash konfederatsiyasi prezidenti Merabi Iliades Gretsiya va Yevropada kurash sporti va boshqa jang sanʼatlarini rivojlantirish mavzusida maʼruza qildi.

“Kurash” pavilyonida kurash yaktaklari, ushbu sport turiga bagʻishlangan bukletlar va bannerlar, shuningdek, taqdimot filmi namoyish qilindi.

“Kurash” pavilyoni bilan yaqindan tanishgan Yevropa Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Spiros Kapralos, Gretsiya parlamenti, Sport va taʼlim vazirligi rahbarlariga kurash sporti haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.