Musobaqaning dastlabki kunidayoq Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Yunon-rum kurashi boʻyicha kechayotgan bahslarda Aytjan Xalmaxanov (-63 kg), Aram Vardanyan (-77 kg) hamda Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) oltin medallarga ega chiqishgan boʻlsa, Ixtiyor Botirov (-55 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.
Bugun yana 5 vazn toifasida bellashuvlar oʻtkaziladi. Unda kurashadigan hamyurtlarimiz va ularning ilk raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: Alisher Gʻaniyev – Ali Abdunosir (Iordaniya) / Ziyuye Si (Xitoy)
-67 kg: Nozimjon Boyqoʻziyev – Muntxir Jandu (Saudiya Arabistoni)
-72 kg: Abdullo Aliyev – Begmirat Nobatov (Turkmaniston) / Ahmed Baraxman (Saudiya Arabistoni)
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov – Mohammad Nagʻusi (Eron)
-97 kg: Behruz Barnoyev – Ibrohim Fallatah (Saudiya Arabistoni)