Jahon va Olimpiada chempionlarini ishtirok etgan mazkur turnirda terma jamoamiz vakillari ham munosib ishtirok etib, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza, jami 16 ta medalni qoʻlga kiritdi.
Terma jamoamiz tarkibida “klassik” kurashchimiz Abror Atabayev yagona oltin medalga sazovor boʻlgan boʻldi, -67 kg vazn toifasida porlagan yosh vakilimizni gʻoliblik yoʻlida hech bir raqib toʻxtata olmadi.
Qayd etish joiz, musobaqa biz uchun bir qator yangi nomlarni kashf etib bergan boʻlsa, Ixtiyor Navroʻzov, Bekzod Abdurahmonov kabi Olimpiada sovrindorlariga bu gal biroz omad yetishmadi.
Musobaqada shohsupaga koʻtarilgan hamyurtlarimiz:
Yunon-rum kurashi
Oltin medal:
-67 kg: Abror Atabayev
Bronza medal:
55 kg: Jasurbek Ortiqboyev
60 kg: Muhammadqodir Yusupov
72 kg: Mahmud Baxshilloyev
87 kg: Jalgasbay Berdimuratov
97 kg: Rustam Assakalov
Ayollar kurashi
Kumush medal:
-50 kg: Jasmina Immayeva
-55 kg: Shohida Ahmedova
Bronza medal:
-53 kg: Aktenge Keunimjayeva
-57 kg: Laylo Sobirova
-65 kg: Ariuxan Jumabayeva
Erkin kurash
Kumush medal:
-65 kg: Abbos Rahmonov
Bronza medal:
-65 kg: Umidjon Jalolov
-70 kg: Zafarbek Otaxonov
-97 kg: Magomed Ibragimov
-86 kg: Bobur Islomov