Tashrif chogʻida Kuvayt kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev bilan muzokara oʻtkazdi. Unda hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
Toshkent viloyatida xorijiy investorlarga uchun yaratilgan sharoitlar, taklif etilayotgan loyihalar va boshqalar haqidagi batafsil maʼlumotlar Kuvayt tomoniga yetkazildi.
Uchrashuvda Toshkent viloyatida onkologik kasalliklarni erta aniqlash bilan bogʻliq diagnostika markazini qurish, shuningdek, bu sohada malakali kadrlarni tayyorlash uchun tibbiyot muassasasini barpo etish, uy-joy, savdo, xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish xususida fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida oʻzaro hamkorlikning aniq yoʻnalishlari va unga investitsiyalar kiritish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.