Qayd etilishicha, Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan xavfsizlik vaziyatining murakkablashuvi hamda ayrim davlatlar tomonidan profilaktik va ehtiyot choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Kuvaytda ham tegishli xavfsizlik choralari amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda vaziyat Kuvaytning vakolatli organlari tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinmoqda.

Kuvayt hududida 224 nafar fuqaro konsullik ro'yxatidan o'tgan bo'lib, ular bilan doimiy aloqa o'rnatilgan va vaziyat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, ehtimoliy cheklovlar yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olib, elchixona quyidagilarga amal qilishni tavsiya etdi:

rasmiy davlat idoralari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan berilayotgan axborotni muntazam kuzatib borish;

zarurat bo'lmagan hollarda odamlar gavjum joylar va ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik;

harbiy va strategik ahamiyatga ega obyektlar yaqiniga bormaslik;

mahalliy qonunchilik va xavfsizlik bo'yicha belgilangan talablarga qat'iy rioya qilish;

shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo o'zingiz bilan olib yurish.

elchixona vatandoshlarni xotirjamlik va vazminlikni saqlashga, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida tarqatilayotgan tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ishonmaslikka hamda faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi. Noto'g'ri yoki tekshirilmagan ma'lumotlarni tarqatishdan tiyilish qat'iy tavsiya etildi.Favqulodda holatlar yoki konsullik-huquqiy masalalar yuzasidan O'zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilish mumkin:

Ishonch telefoni: +96525396515

Konsul Islomxon Toirov: +96599427517

elchixona xabarida ta'kidlanishicha, vaziyat rivoji doimiy monitoring qilib borilmoqda va zarurat tug'ilgan taqdirda qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.Bundan avval Iordaniya va Bahrayndagi o'zbekistonliklar shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirilgandi. BAAdagi o'zbekistonliklar xavfsizligini ta'minlash choralari ko'rilayotgani ma'lum qilindi. O'zbekistonliklarga Isroildagi o'zbekistonliklarga ushbu davlatni vaqtincha tark etish tavsiya qilindi. Havo hududi yopilgani sabab Doha aeroportida qolib ketgan o'zbekistonliklar mehmonxonaga joylashtirildi. Umradagi o'zbekistonliklarni qaytarish uchun esa repatriatsiya reyslari tashkil etildi.