Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, shu yilning 11-sentyabr kuni Quvaytning Oʻzbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Al-Jiran janoblari bilan xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun, Ahmad Xolid Al-Jiran 2015-yil dekabr oyida Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligiga Quvaytning mamlakatdagi elchisi sifatidagi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgandi.
Oʻzbekiston va Kuvayt rishtalari har bir yoʻnalishda oʻsish surʼatini namoyon etmoqda. Biz janob Elchiga oʻz faoliyati davomida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni boyitishga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorligimizni bildiramiz. Unga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz, — deyiladi xabarda.